Bahrom Haydarov: “3 ochko bizga suv va havo kabi zarur edi”
the_title()

28.03.2025

Superliganing 3-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” – “Shoʻrtan” (0:0) uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Oʻyin haqida

– Shunaqa ob-havoga qaramasdan bizni stadionga kelib qoʻllab-quvvatlagan muxlislarga raxmat aytaman. Birinchi boʻlimda oʻyinimiz qovushmadi. Ikkinchi boʻlimda oʻyinimiz oʻzgardi, vaziyatlarimiz boʻldi. 3 ochko bizga suv va havo kabi zarur edi. Gʻalaba qozonishimiz mumkin edi.

– 3 ta oʻyindan buyon jamoangiz hujumchilari gol ura olmayapti. Ularga eʼtirozingiz bormi?

– Albatta eʼtiroz boʻladi. Butun jamoaga tegishli, standart vaziyatlar bor, gol uchun hammada imkoniyat boʻladi. Mavsumoldi tayyorgarlik davrida Beshimov, Kondratyuk, Xoltoʻrayevlar oʻzlarini yaxshi koʻrsatishdi. Oldinda hali koʻplab gollar urishadi deb oʻylayman.

– Shota Gvazavaning holati qanday?

– U jarohatlaridan forigʻ boʻldi. Jismoniy imkoniyatlarini tiklab olsa, maydonga qaytadi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО