Prevyu. “Surxon” – “Qo‘qon-1912”
the_title()

03.04.2025

Superliganing 4-turida “Qoʻqon-1912” jamoasi “Surxon”ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning oʻzaro oʻyinlardagi statistik maʼlumotlari bilan tanishtirib oʻtamiz.

❗️Oʻzaro oʻyinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 24-marta toʻqnash kelishgan. “Surxon” oʻyinlarning 11 tasida zafar quchgan, 11 ta bahsda vakillarimiz qoʻli baland kelgan. Ikkita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Toʻplar nisbati – 38-37, jamoamiz foydasiga. Oʻzaro oʻyinlarda “Surxon” 35 ochkoni qoʻlga kiritgan. “Qoʻqon-1912” ochkosi 35 tani tashkil etadi.

Jamoalarning oʻzaro oʻtkazgan so’nggi yettita uchrashuvdagi natijalari:

03.10.2022. “Qoʻqon-1912” – “Surxon” – 2:3
06.05.2022 “Surxon” – “Qoʻqon-1912” 1-0
25.08.2021 “Qoʻqon-1912” – “Surxon” – 2:0
20.03.2021. Surxon – Qoʻqon-1912 – 1:1
19.10.2020. Surxon – Qoʻqon-1912 – 0:1
25.06.2020. Qoʻqon-1912 – Surxon – 3:0
17.08.2019. Qoʻqon-1912 – Surxon – 2:1

📣 “Surxon”ga qarshi bahsni Nikita Mustafin boshqarib boradi

Superligasining 4-turida ishlaydigan rasmiy shaxslar nomlari eʼlon qilindi. Unga koʻra Termizda boʻlib oʻtadigan “Surxon” – “Qoʻqon-1912” bahsini Nikita Mustafin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Surxon – QO’QON-1912
4.04.2025, 20:15
Bosh hakam: Nikita Mustafin
Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Zufar Eliboyev
Zaxira hakami: Maʼruf Tilloyev
Nazoratchi: Maʼmur Saidqosimov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Elnur Doniyorov
Komissar: Sherzod Rajabov

Uchrashuv ertaga soat 20:15 da start oladi. Boʻlajak bahsda jamoamizga omad tilab qolamiz

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО