17.04.2025
Superliganing 6-tur doirasidan oʻrin olgan 🔴 “Qizilqum” – “Qoʻqon-1912”🔵 uchrashuvi 18-aprel kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida boʻlib oʻtadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning oʻzaro oʻyinlardagi statistik maʼlumotlari bilan tanishtirib oʻtamiz.
⚽️ Oʻzaro oʻyinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 24-marta toʻqnash kelishgan. Oʻyinlarning 7 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 13 ta bahsda navoiyliklarning qoʻli baland kelgan. Toʻrtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
Toʻplar nisbati – 27-41, “Qizilqum” foydasiga. Oʻzaro oʻyinlarda “Qoʻqon-1912” 25 ochkoni qoʻlga kiritgan. “Qizilqum”ning ochkosi 43 tani tashkil etadi.
📌 Jamoalarning soʻnggi oʻntta uchrashuvdagi natijalari bilan tanishing:
02.11.2022. Qizilqum – Qoʻqon-1912 – 1:1
28.05.2022. “Qoʻqon-1912” – “Qizilqum” 1:3
14.08.2021. Qizilqum – Qoʻqon-1912 – 2:2
15.03. 2021. Qoʻqon-1912 – Qizilqum – 0:0
02.10. 2020. Qizilqum – Qoʻqon-1912 – 2:1
19.06. 2020. Qoʻqon-1912 – Qizilqum – 4:0
18.10. 2019. Qoʻqon-1912 – Qizilqum – 2:1
19.04.2019. Qizilqum – Qoʻqon-1912- 0:1
05.11.2018. Qoʻqon-1912 – Qizilqum – 2:1
22.09.2018. Qizilqum – Qoʻqon-1912 – 1:0
⏰ Boshlanish vaqtlari
“Qizilqum” – “Qoʻqon-1912” uchrashuvi 18-aprel kuni Samarqanddagi 🏟 “Dinamo” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi hamda “Futbol tv” kanali orqali jonli tarzda efirga uzatiladi.
Ushbu jamoalarning oʻrinbosarlari oʻrtasidagi bahs esa 19-aprel kuni boʻlib oʻtadi.