Bahrom Haydarov: “Ikkinchi boʻlimda tajriba oʻz soʻzini aytdi”
the_title()

22.04.2025

Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan oʻrin olgan “Andijon FA” – “Qoʻqon-1912” (0:7) uchrashuvidan soʻng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Oʻyin haqida

– Jamoamiz vakillari va muxlislarimizni gʻalaba bilan tabriklayman. Raqibimiz yosh futbolchilardan iborat boʻlishiga qaramasdan birinchi boʻlimda juda faollik bilan harakat qilishdi. Kelajagi porloq yigitlar ekanliklari koʻrinib turibdi. Tanaffusdan soʻng bizning jamoa vakillari oʻyinni kuchaytirishdi va tajriba oʻz soʻzini aytdi.

– Birinchi boʻlimda 0:0, ikkinchi boʻlimda 7 ta gol urilishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Buni kutganmidingiz?

– Bunaqa yirik hisob boʻlmasa ham bugun gʻalaba qozonishimizga ishongan edim. Koʻp gol urishimizni kutgandim. Ikkinchi boʻlimda tajriba oʻz soʻzini aytdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimda maydonga oʻyin amaliyoti kam futbolchilarni tushirgandik. Ikkinchi boʻlimda hozirgi kundagi asosiy tarkibimiz vakillarini oʻyinga tashladik.

– Yirik hisobda qozonilgan gʻalaba Superliga oʻyinlari oldidan jamoaga qanday ishtiyoq beradi?

– Buning ustida ishlaymiz. Boisi, vaziyat ijobiy tomonga ham, salbiy tarafga ham ketib qolishi mumkin. Asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish. Navbatda “Xorazm” bilan oʻyin ham oson boʻlmaydi.

– Legioner futbolchi Amed Kobena bilan shartnoma bekor qilinishiga munosabatingiz?

– Biz ushbu futbolchi bilan bir oy muddatlik sinov shartnomasi imzolagandik. Bu vaqtda oʻzini koʻrsata olmadi. Avvaldan jarohati bor ekan, bu mashgʻulotlar jarayonida ham pand berdi. Shu bois Kobena bilan shartnomani bekor qilishga majbur boʻldik.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО