09.05.2025
Superliganing 9-tur doirasidan o‘rin olgan 🔵 “Qo‘qon-1912” – OKMK ⚽️ bahsi 10-may kuni Qo’qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 18 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘rttasida futbolchilarimiz g‘alaba qozonishgan. O‘nta uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. To’rtta bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.
To‘plar nisbati 31-20 raqibimiz foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda jamoamiz 16 ochkoni qo‘lga kiritgan. OKMK hisobida esa 34 ochko mavjud.
Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi oltita uchrashuv:
09.09.2022. Qo‘qon-1912 – OKMK – 0:0
20.11.2021. Qo‘qon-1912 – OKMK – 2:2
26.10.2020. Qo‘qon-1912 – OKMK – 1:0
23.11.2019. Qo‘qon-1912 – OKMK – 1:3
03.10. 2018. Qo‘qon-1912 – OKMK – 1:2
18. 07. 2018. Qo‘qon-1912 – OKMK – 3:0
Uchrashuv hakamlari
🔵 “Qo’qon-1912” — OKMK ⚽️
10.05.2025. 18:00
📣 Bosh hakam: Asker Najafaliyev
🇺🇿 Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Islom Azimov
🔄 Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
😗 Nazoratchi: Marat Ismoilov
📺 VAR: Doston Rahmonov
📺 AVAR: Anvar Marajabov
⚽️ Komissar: Shohruh Said
Boshlanish vaqtlari
Qo‘qon-1912 – OKMK uchrashuvi 10-may kuni soat 18:00da boshlanadi. O‘yin Qo’qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi bahs esa 11-may kuni Yaypandagi “O’zbekiston” stadionida bo’lib o’tadi.
Har ikki bahsda vakillarimizga omad tilaymiz! Barcha muxlislarimizni esa jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz!