Raqib darvozabonlarining tushiga kirib chiqadigan tug’ma kuchli zarba egasi Leonid Koshelev hozir qayerda?

20.02.2024

Bir necha kundan so’ng yana sobiq futbolchilarning bugungi faoliyati va qaerdaligi haqida malumotlarni berishda davom etamiz.
CHap oyog’idagi zarba raqib darvozabonlarini tushlariga kirib chiqardi. Jarima to’plaridan urgan gollari “Paxtakor”ning bir qator muhim g’alabalariga zamin yaratgan. Koshelev 1998 yil “Navbahor”daligidayoq ko’pchilikning etiboriga tushib bo’lgandi. 1999 yil O’zbekiston tarixida ilk bor Superkubok bahsi o’tkaziladi. O’shanda bosh sovrin uchun “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari to’qnash kelishgan. “Lochinlar”ning 4:2 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlangan o’yinda gollardan biriga ayna Koshelev mualliflik qilgan.

“Avvallari hozirgidek bolalar futbol akademiyalari yo’q edi. Faqat to’garaklar bo’lardi. Men ham tug’ilib o’sgan shahrim Yangiyo’lda futbol to’garagiga qatnar edim. Igor Taran va boshqa yana bir necha taniqli o’yinchilar ham o’sha dargohdan katta futbolga yo’l olgan. Keyinchalik hozirgi Olimpiya zaxiralari kollejiga kelganman. “Paxtakor” faoliyatimda eng katta sahifani egallaydi. Futboldagi barcha sovrinlarimga ushbu jamoa safida erishganman. Qolaversa, futbolchi bo’lib tanilishim, milliy terma jamoa tarkibidan o’rin olishimda ham “Paxtakor”ning o’rni alohida. Qisqasi, bu klub men uchun hamisha qadrli bo’lib qolaveradi. Hissiyotlar borasida esa ortiqcha gapga hojat yo’q, chunki buni so’z bilan ifoda etish mushkul”,- deydi qahramonimiz.

OCHL 2002/2003 yilgi mavsumida “sherlar” yarim finalgacha etib boradi. Bunda Koshelev ham o’z hissasini qo’shgan, deya olamiz. U guruh bosqichida “Nisa” klubi darvozasini ishg’ol qilgan. Koshelev “sherlar” safini 2007 yilda bir qator sovrinlar bilan tark etgan. Undan keyin “Dinamo”, “Qizilqum”, “SHo’rtan” va “Navbahor” kabi klublarda o’ynagan. Yuqorida takidlab o’tdik, Koshelev chap oyoqdagi kuchli zarbalari bilan mashhur bo’lgan.

“Bunday etirofdan juda xursandman. Lekin kuchli zarbaga ega bo’lgan futbolchilar men o’ynagan vaqtda “Paxtakor” jamoasida ham, milliy terma jamoa safida ham ko’p edi. Kuchli zarba yo’llash qobiliyati insonda tug’ma bo’ladi. Ammo, bu bilan zarba kuchini mashg’ulot orqali oshirib bo’lmaydi, deyish ham noto’g’ri. Hech kim onadan kuchli futbolchi bo’lib tug’ilmaydi. Har qanday muvaffaqiyatga mehnat tufayli erishiladi. Siz ham astoydil harakat qilsangiz, murabbiylar ko’rsatmalarini to’g’ri bajarsangiz, albatta o’zingiz istagan zarbaga ega bo’la olasiz”,- deydi Leonid Aleksandrovich.

“Faoliyatimda chiroyli gollar juda ko’p. O’zim uchun eng yodda qolarlisi esa MDH kubogi doirasida Moldaviyaning “SHerif” jamoasiga urgan golim. Birinchidan gol o’shanda juda chiroyli ko’rinish olgandi. Qolaversa, kiritilgan to’p alohida ahamiyatga egaligi bilan ham yodda qolgan. Xabaringiz bo’lsa, o’sha o’yin 1:0 hisobida yakun topgan edi”,- deydi sobiq to’p tepar.

Koshelev O’zbekiston terma jamoasida 42ta o’yinda maydonga tushgan va 6ta to’p kiritgan. 1999 yil Mahmud Rahimov boshchiligida Malayziyaga qarshi kechgan o’yinda debyut qilgan. 2007 yil Qozog’istonga qarshi o’rtoqlik o’yini uning uchun terma jamoadagi so’nggisi bo’lgandi.

Leonid Koshelev hozirgi kunda “CHig’atoy” futbol maktabida murabbiylik faoliyatini olib boryapti.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2652
2Buxoro2649
3QO'QON-19122642
4Sho'rtan2637
5Aral2635
6Xorazm2628
7Olimpik Mobiuz2621
8Do'stlik2617
U-21 биринчилиги
#КлубЎО