Ruslan Ahmedov: “Rahbariyat tomonidan vazifa qoʻyilmagan. Joʻjalarni kuzda sanaymiz”

03.04.2024

Pro liganing 4-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Xorazm” (3:0) uchrashuvidan soʻng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Oʻyin haqida…

– “Qoʻqon-1912” jamoasini gʻalaba bilan tabriklayman. Ular bunga haqli edi. Tezkor gol oʻtkazib yuborganimiz jamoaga taʼsir qildi. Uzoq masofadan yoʻllangan zarba darvozabonimizni aybdor qila olmayman. Sirpanchi maydonda u toʻp yoʻnalishini aniq baholay olmadi. Oʻyinni kuchaytirishga harakat qilamiz deganimizda ikkinchi golni ham qabul qilib oldik. Menimcha, uchinchi golda toʻp darvoza chizigʻini kesib oʻtmagandi, biroq hakamlarning qarori boshqacha boʻldi. Takroriy vaziyatni koʻrib chiqdik. Ikki himoyachimiz chiziq ustida turgandi. Darvozabonimiz toʻpni qoʻlidan chiqarib yuborgan taqdirda ham oʻyinchilarimizga tegardi. Bu holatda qanday qilib gol boʻlishi mumkin? Ikkinchi taymda oʻyinni jonlantirdik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Hayot davom etadi. 0:3 hisobida magʻlub boʻlish, albatta, achinarli. Kelgusi oʻyinlarga tayyorgarlik koʻramiz.
– “Xorazm” avvalgi oʻyinlarga nisbatan sust harakat qildi, bunga sabab nima?

– “Qoʻqon-1912”, “Buxoro” kabi jamoalar Superligaga daʼvogar sanaladi. Biz hozircha turnir jadvalining yuqori pogʻonalarida yurgandirmiz, biroq avval aytganimdek, har bir oʻyinga alohida tayyorlanish kerak. Oʻyinni tahlil qilamiz. Magʻlubiyat kutilmagan zarba boʻldi.

– “Xorazm” mavsum avvalida tarkibni shakllantirib, bir qator kuchli futbolchilarni dalb qildi. Jamoaga Superligaga chiqish vazifasi qoʻyilganmi?

– Rahbariyat tomonidan bizga vazifa qoʻyilmagan. Lekin yuqori oʻrinlarni egallash uchun harakat qilamiz. Joʻjalarni kuzda sanaymiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Nasaf1022
2OKMK922
3Dinamo919
4Navbahor1017
5Bunyodkor1016
6Neftchi815
7Paxtakor1015
8Surxon1013
9Qo'qon-19121012
10Xorazm911
11Qizilqum911
12Mash'al1011
13andijon109
14So'g'diyona108
U-21 биринчилиги
#КлубЎО