Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Ibrohim Ibragimov: “Qatarda eng oliy natijani ko‘rsatishga harakat qilamiz”

11.04.2024

U-23 Osiyo kubogiga tayyorlanayotgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibragimov Xitoyga qarshi o‘tkazilgan bahsdan so‘ng fikr bildirdi.
“So‘nggi nazorat o‘yinimizni a’lo darajada yakunlab oldik. 2:0 hisobida g‘alaba qozondik. Ikkala taymda ikki xil tarkib bilan, bir bo‘limdan harakat qildik. Endi Osiyo kubogi uchun Qatarga jo‘nab ketamiz. Eng oliy natijani ko‘rsatishga harakat qilamiz. Inshaalloh, chempionlik bilan qaytamiz. Muxlislar bizni yaxshilab qo‘llab-quvvatlab, duoda bo‘lib turishlarini so‘rab qolamiz. Yuzingizni yerga qaratmaymiz. Bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘tarib O‘zbekistonga qaytamiz, inshaalloh”, -deydi Ibrohim Ibragimov.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1427
2Mash'al1426
3Sho'rtan1424
4Aral1423
5QO'QON019121419
6Xorazm1416
7Olimpik Mobiuz1412
8Do'stlik145
U-21 биринчилиги
#КлубЎО