2 yil avval O’zbekistonni yutgan Saudiya Arabistoni tarkibi qanchalik o’zgargan?

24.04.2024

U-23 Osiyo kubogida hal qiluvchi bahslar yaqinlashmoqda.

Timur Kapadze boshchiligidagi O’zbekiston OTJ guruh bahslarini muvaffaqiyatli o’tkazdi. Ular endilikda yarim final yo’llanmasi uchun Saudiya Arabistoni bilan bellashishadi. Bu qadrdon raqiblar 2 yil avval Toshkentda o’tgan U-23 Osiyo kubogi finalida to’qnash kelishgan edi. O’sha musobaqada Saudiya Arabistoni katta yosh toifasida qatnashgan. Bugungi kunga kelib o’sha jamoada harakat qilganlardan faqat 2 nafari o’ynamoqda. Ular Ayman Yahyo (#7) va Ahmad Al Gamdi (#11). Aynan Al Gamdi finalda O’zbekiston darvozasini ishg’ol qilgan.

Finalda maydonga tushgan tarkib

Saudiya Arabistoni: 1. Navaf al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti (s), 6. Ibrohim Maxnashi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid al-Gamdi, 9. Feras al-Baykan, 11. Ahmad al-Gamdi, 12. Moteb al-Xarbi, 13. Hamad al-Yami, 15. Husayn al-Eysa, 23. Saud Abdulhamid.

Bu esa 2022 yilgi finalda maydonga tushgan O’zbekiston U-23 terma jamoasi asosiy tarkibi. Faqatgina chap qanot himoyachisi Dostonbek Tursunov (#3) hozirgi tarkibda yo’q.

O’zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulug’bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov (s), 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev, 23. Abdurauf Bo’riev.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Andijon00
1Bunyodkor00
1Buxoro00
1Dinamo00
1Mash'al00
1Nasaf00
1Navbahor00
1Neftchi00
1OKMK00
1OKMK00
1Paxtakor00
1Qizilqum00
1Qo'qon-191200
1So'g'diyona00
U-21 биринчилиги
#КлубЎО