Ayollar OCHL saralash bosqichiga qurʼa tashlandi. Bu bahslarda qaysi jamoamiz ishtirok etadi?

18.07.2024

Bugun ayollar oʻrtasida oʻtkaziladigan OFK Chempionlar ligasi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.

Saralash bahslarida Oʻzbekiston sharafini “Nasaf” ayollar jamoasi himoya qiladi. “Ajdarlar” OCHL guruh bosqichida ishtirok etish uchun “C” guruhida Malayziyaning “Sabah” va Nepalning “APF” klubiga qarshi oʻynaydi.

Saralash bosqichi oʻyinlari 25dan 31-avgust oraligʻida boʻlib oʻtadi.

Agar “Nasaf” bahslarni muvaffaqiyatli yakunlasa guruh bosqichida “Vuxan Jianda” (Xitoy), “Xyonde Stil Red Angels” va “A” saralash guruhi gʻolibi bilan oʻynaydi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО