23.07.2024
“Soʻgʻdiyona” futbolchisi va Superliganing eng yaxshi toʻpurari Lyupche Doriyev ikkinchi davra oldidan saytimizga intervyu berdi.
– Mavsumning birinchi davrasi yakunlandi. Birinchi davra haqida fikr bildirib oʻtsangiz?
– Mavsumning birinchi yarmi biz uchun ancha qiziqarli oʻtdi. Mehnatimizga yarasha, yaxshi natijaga erishdik deb oʻylayman. Muhimi, shu ruhda davom etish.
– Jamoaning birinchi davradagi ishtirokiga baho berib oʻtsangiz?
– Juda yaxshi ishtirok etdik degan fikrdaman, ammo ayrim bir muddat omadimiz kelmadi va oʻyinimiz chiqmadi. Yaxshi xarakter va mehnat evaziga bunga erishdik.
– “Soʻgʻdiyona” jamoasining musobaqa jadvalida egallab turgan oʻrnidan qoniqyapsizmi?
– Uchinchi oʻrin yaxshi natija, lekin biz yanada balandroq oʻrinlar uchun kurasha olamiz. Musobaqa jadvalidagi oʻrnimizni yaxshilashimiz kerak.
– Superliganing eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibsiz. Ikkinchi davrada ham shunday tempda davom etasizmi?
– Chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻlish men uchun sharaf. Gollar va assistlar qayd etishda davom etishni maqsad qilganman. Jamoamning natijalari yaxshilanishiga koʻproq hissa qoʻshish maqsadidaman.
– “Soʻgʻdiyona” jamoasi kutilmaganda Superliganing eng yaxshi jamoalaridan biri boʻlib turibdi. Bunday natijaning asosiy sababi nimada?
– Biz mavsum avvalida bunga kelishib olgan edik. Asosiy sabab jamoaning birdamligi va mehnat. Murabbiylar va jamoadoshlarimning mehnat mevasi bu. Muxlislarimiz ham bizga katta yordam berishmoqda.
– “Soʻgʻdiyona”ning Oʻzbekiston kubogidagi raqibi “Navbahor”. Kubok bahslarida haqida gapirib oʻtsangiz? Kubokdagi rejalar qanday?
– Kubok musobaqasida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Buni uddalay olishimizga ishonchim komil. Oʻzbekiston kubogini yuta olishimizga koʻzim yetmoqda.
– Birinchi davradagi yorqin oʻyiningiz koʻpchilikning eʼtiborini tortgani aniq. Boshqa bir jamoalardan takliflar boʻlmadimi?
– Men faqatgina “Soʻgʻdiyona” haqida oʻylamoqdaman. Takliflar bilan shugʻullanadigan insonlarim bor. Men faqat futbol oʻynayman.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi