SSKA legioner futbolchisini Oʻzbekistonga yubordi

30.07.2024

Uning moskvaliklar bilan shartnomasi tugashiga ikki yil muddat bor.

Rossiyaning SSKA klub eronlik himoyachi Amirhusayn Rivandi bilan 2026-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Shu bilan birga, 20 yoshli futbolchi oʻyin amaliyotini oʻtash uchun “Buxoro”ga ijaraga beriladi.

Oʻzbekiston Pro ligasi klubi bilan shartnoma sotib olish huquqisiz yil oxirigacha amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Rivandi stajirovkaga “Qizil-koʻk kelajak”

Bosh direktorning sport masalalari boʻyicha oʻrinbosari Yevgeniy Shevelev mazkur qaror haqda shunday dedi: “Amir klub murabbiylar shtabi va sport rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgani uchun iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzolashga qaror qilindi. Ammo kerakli oʻyin amaliyotiga ega boʻlish va yanada rivojlantirish maqsadida Amir yil oxirigacha Oʻzbekistonga ijaraga beriladi. Shu bilan birga, futbolchi qishki oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini SSKAdagi jamoadoshlari bilan birga oʻtkazishi rejalashtirilgan”.

Moskvaliklar safiga tez orada Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev qoʻshiladi va navatdagi oʻyinga tayyorgarlikni boshlaydi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm26
2OKMK26
3Navbahor24
4Bunyodkor24
5Dinamo24
6Nasaf24
7Buxoro23
8Qizilqum23
9Neftchi22
10Andijon22
11Qo'qon-191222
12Paxtakor10
13Mash'al10
14Sho'rtan20
U-21 биринчилиги
#КлубЎО