Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Srechko Katanes: “Maqsadimiz tomoshabop o‘yin emas, JCHga chiqish”

06.09.2024

JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng (1:0) jamoamiz ustozi Srechko Katanes o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– O‘yin haqida…

– Jaloliddin Masharipovning fikrlariga qo‘shilaman. To‘g‘ri, bugun yaxshi o‘yin namoyish eta olmagan bo‘lsak ham, g‘alaba qozondik. Lekin barcha o‘yinlarda mana shunday o‘ynab bo‘lsa ham, g‘alaba qozona olsak men rozi bo‘lardim. Chunki natija eng muhimi. Men bu tomonlama mamnunman. Biz gol ura oldik va KXDR esa yo‘q. Biz o‘zimiz ahmoqona penalti olib keldik va raqib bundan unumli foydalana olmadi. KXDR keyingi o‘yinlarda raqiblarga muammolar tug‘diradi deb o‘ylayman.

– “Bunyodkor” stadioni maysasi hozirda ayanchli ahvolda. Jamoa o‘yiniga bu ta’sir qildimi? Oktyabrda yana ikkita o‘yinimiz bor. Sizni maydon holati tashvishga solmayaptimi?

– Albatta maydon holati yaxshi emas. Lekin bizning asosiy muammo – futbolchilarning jismoniy holati bo‘ldi. Futbolchilar dushanba kuni jamoamizga qo‘shilishdi. KXDR esa bir necha o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazishga ulgurdi. Ular askarlardek harakat qilishdi. Umid qilamanki, keyingi o‘yinlargacha hali vaqt bor va barchasi joyiga tushib ketadi.

– Bugun guruhdagi eng so‘nggi savatchadagi jamoaga qarshi o‘ynadik. Keyingi raqiblar esa kuchli bo‘ladi. Navbatdagi o‘yinlarda nima evaziga kuchaya olishimiz mumkin?

– Aytib o‘tganimdek, bugun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biz to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynash raqibga yetarlicha imkoniyatlar yaratishi mumkin edi. Bugun markazdagi o‘yinchilarimiz ko‘proq kreativ harakat qilishlari talab etilardi. Shuningdek, qanot futbolchilarimizdan ham faollik talab qilinardi. Agar bular amalga oshsa, bizda barchasi yaxshi bo‘ladi.

Bu terma jamoaga past nazar bilan qarash kerak emas. Ular Yaponiyaga minimal hisobda mag‘lub bo‘lishdi.

Savol to‘g‘ri bo‘ldi. Bizning asosiy vazifamiz – tomoshabop o‘yin emas, JCHga chiqish. Maqsadimiz natija. Avvalgi sikllarda O‘zbekiston chiroyli va tomoshabop o‘yin ko‘rsatgandi. Lekin JCHga chiqa olmagan. Bizga jahon chempionati kerak.

– Bizning bunday o‘yinimiz navbatdagi raqiblar uchun oson bo‘lib qolmaydimi? Biz yana nimadir qo‘sha olamizmi?

– Biz ikkita mashg‘ulot qilamiz. Ikkitagina mashg‘ulot bilan qanday qilib qo‘shamiz? Imkoni bor deb o‘ylaysizmi? Biz avval Qirg‘izistonni yutishimiz kerak. Keyin esa Eron va Qatar bor.

– Biz ham shunday o‘yin bo‘lsa-da, har o‘yinda 3 ochko olishga rozimiz. Lekin yakunda to‘plar nisbati ham ahamiyatga ega bo‘lib qolishi mumkin…

– Afsuski ko‘plab imkoniyatlar yaratgan bo‘lsak-da, bundan foydalana olmadik. Agar ochkolarni maksimal to‘play olsak, to‘plar nisbati katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО