O‘zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: “Bizda 23 nafar teng kuchli futbolchi bor. Bunday jamoa bilan katta natijaga erishsa bo‘ladi”

25.09.2024

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Osiyo kubogi saralashi doirasidagi Kambodjaga qarshi o‘yindan keyin (7:0) championat.asia saytiga intervyu berdi.

“Birinchi o‘yinda g‘alaba qozondik. Barchasi reja bo‘yicha kechdi, zaxiradan tushganlar ham o‘yinni kuchaytirib berishdi. Oxirgi daqiqalarga qadar bir xil tempda harakat qildik. Har ikki kunda o‘yinlar bor, lekin bu bizga muammo bo‘lmasa kerak. Sababi bizda 23 nafar bir-biriga teng bo‘lgan futbolchilar bor. Shu bois Nepalga qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibda rotatsiya qilamiz.

Yigitlar ham jismonan, ham ruhiy charchoqlari chiqdi. Bor e’tibor ikkinchi o‘yinga qaratilgan. Xudo xohlasa, Osiyo kubogiga yo‘llanma olamiz, chunki menda futbolchilarga ishonch bor. Ahil, tajribali haqiqiy jamoani ko‘ryapman, zaxirada o‘tirganlar maydondagilarni qo‘llab turishibdi. Bunday jamoa bilan katta natijaga erishish mumkin.

Guruhimizdagi vaziyat hozircha juda chigal, sababi barcha jamoada hali imkoniyat bor. Nasib qilsa Nepalni mag‘lub etsak, Kambodja Bahrayn bilan tengma-teng o‘ynasa kerak.

Yigitlar faqat g‘alaba haqida o‘ylashmoqda, barchada o‘ziga bo‘lgan ishonch bor. Xudo xohlasa har bir uchrashuvda g‘alaba qozonib, Osiyo kubogiga chiqamiz”, – dedi Farhod Nishonov.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm26
2OKMK26
3Navbahor24
4Bunyodkor24
5Dinamo24
6Nasaf24
7Buxoro23
8Qizilqum23
9Neftchi22
10Andijon22
11Qo'qon-191222
12Paxtakor10
13Mash'al10
14Sho'rtan20
U-21 биринчилиги
#КлубЎО