Shomurodov Bundesligaga yoʻl olib, Azmun bilan bir jamoada oʻynashi mumkin
the_title()

24.01.2023

“Roma” va Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasidan Germaniya Bundesligasi tomon joʻnash ehtimoli bor.
Jurnalist Nikolo Skiraga maʼlum boʻlishicha, hujumchiga Leverkuzenning “Bayer” klubi qiziqish bildirmoqda. Agar termamiz sardori Leverkuzen jamoasiga oʻtsa, u yerda Eron terma jamoasi forvardi Serdar Azmun bilan birga toʻp tepadi.

Insayderning qayd etishicha, Rim klubi Shomurodov uchun taxminan 13-14 million yevro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.

27 yoshli futbolchiga “Torino”, “Kremoneze”, “Spetsiya”, “Lill” va “Valyadolid” ham daʼvogarlik qilmoqda.

Eldor “Roma”ga 2021-yilning yozida borib qoʻshilgan. 2022/2023-yilgi mavsumda hujumchi 9 ta oʻyinda qatnashib, 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 27 yoshli hujumchining “Roma” bilan kelishuvi 2026-yilda yakuniga etadi. Transfermarkt portali uni 7 million yevroga baholamoqda.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО