Klopp kechagi alamli mag’lubiyatdan so’ng nimalar dedi?

18.03.2024

Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp kechagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Juda katta bosimli o’yin bo’ldi. Raqib uchrashuvni yaxshi boshladi, biz esa yo’q. Biz malum vaqt o’yinga moslashish uchun harakat qildik. Vaziyatlardan foydalanish kerak edi, biz unday qilmadik. Uchrashuvda katta ustunlik bo’lsayu, hisob atigi 1 ta top farqi bo’lsa, raqib qaysidir vaziyatda top kirishi va hisobni tenglashtirishi mumkin.

Yigitlar maksimal harakat qilishdi. Natijani qabul qilishga majburmiz. Raqib keyingi bosqichga chiqishga haqli edi. Umuman olganda, biz uchrashuvni ikkinchi bo’limni o’zida tugatishimiz kerak edi. Imkoniyatlardan foydalana olmadik va keyinchalik raqib gol urib ketdi», — dedi Klopp.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2449
2Buxoro2445
3QO'QON-19122438
4Sho'rtan2437
5Aral2432
6Xorazm2426
7Olimpik Mobiuz2417
8Do'stlik2414
U-21 биринчилиги
#КлубЎО