01.04.2024
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola Realga qarshi CHempionlar Ligasi 1/4 finali oldidan jamoasining tig’iz taqvimidan noroziligini bildirdi.
«Biz 3 aprel tunda «Aston Villa» bilan, keyin 6 aprel shanba kuni soat 16:30da «Kristal Pelas» maydonida o’ynaymiz! SHundan so’ng seshanba kuni Madridga boramiz. «Real» esa 9 kun tayyorlanadi, 9 kun!
Men o’z klubimni himoya qilyapman. Har 3 kunda o’ynaymiz. Boshqa bir hech bir jamoa biznikidek vaziyatda emas. Bizda doim tiklanishga kam vaqt bo’ladi. Hech kim bu haqida o’ylamaydi. Franciyada «PSJ» ECHLdan oldingi hafta o’rtasida o’ynamaydi, Portugaliya klublari evrokubok oldidan ligadagi o’yinlarini juma kuni o’tkazishadi», — dedi ispaniyalik mutaxassis.