“Bavariya” PSJ futbolchisini 90 mln. yevroga sotib olmoqchi, ammo bir yildan soʻng

18.07.2024

“Bavariya” Xavi Simons uchun PSJga 90 mln. yevro taklif qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, myunxenliklar 21 yoshli yarim himoyachi uchun poygada yetakchilik qilishmoqda. Ular “Leypsig” bilan birgalikda PSJga raqobatchi taklif yuborishdi.

Futbolchining oʻzi kelajagini Parijda koʻrmayotganini maʼlum qilgan.

Ammo PSJ Simonsni hozir sotmoqchi emas, chunki Xavini 2025-yilning yanvarigacha sotishsa transfer pulining sezilarli qismi PSV hisobiga oʻtkaziladi.

Buni hisobga olgan “Bavariya” va “Leypsig” PSJga futbolchini xarid qilish sharti bilan ijaraga olishni taklif qilishdi. Maʼlumotlarga koʻra, “Bavariya” 90 mln. yevro taklif qilmoqda.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО