“Al Nassr”da moliyaviy muammolar paydo bo‘ldi. Klub Ronaldudan bu haqda og‘iz ochmaslikni so‘ragan

23.08.2024

Hujumchi Krishtianu Ronaldu harakat qiladigan Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi moliyaviy muammolarga duch kelmoqda.
Bu haqda “Essentialy Sports” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub so‘nggi paytlarda Saudiya Arabistoni Investitsiya jamg‘armasiga muntazam ravishda ushbu masala yuzasidan murojaat qilib keladi. “Al Nassr” tarkibni kuchaytirish uchun pul so‘ragan, ammo rad javobini olgan.

Klub prezidenti va boshqaruv a’zolaridan bir nechtasi ushbu masala ortidan allaqachon iste’fo bergan. Ronaldu ham jamoa kuchaymasligidan norozi. Biroq klub Krishtianudan bu mavzu bo‘yicha omma oldida gapirmaslikni talab qilgan.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Nasaf1022
2OKMK922
3Dinamo919
4Navbahor1017
5Bunyodkor1016
6Neftchi815
7Paxtakor1015
8Surxon1013
9Qo'qon-19121012
10Xorazm911
11Qizilqum911
12Mash'al1011
13andijon109
14So'g'diyona108
U-21 биринчилиги
#КлубЎО