05.03.2025
➡️ “Qo’qon-1912” jamoasi ikki yillik tannafusdan so’ng O’zbekiston Superligasidagi yurishini boshlashga yaqin. Jamoamiz chempionatning ilk turida “Andijon” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bo’lajak uchrashuv 8-mart kuni soat 19:30 da Qo’qon shahridagi “Markaziy” stadionda start oladi.
➡️ Shu munosabati bilan barcha muxlislarni “Markaziy”ga taklif qilib qolamiz. Ilk uchrashuvda aziz muxlislarning qo’llab quvvatlashi biz uchun juda muhim.
➡️ Unutmang! “Qoʻqon-1912” jamoasi muxlislar uchun oʻynaydi va gʻalaba qozonishga harakat qiladi.