Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Davron Fayziev: “Bugun murabbiy sifatida yutqazdim. Rahbariyatdan istefo so’rayman”
the_title()

23.04.2023

Pro-liga 6-turidan o’rin olgan “Qo’qon-1912” – “Lokomotiv” (2:3) uchrashuvidan so’ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O’yin haqida

– Avvalambor, barchani hayit bayrami bilan tabriklayman. Bugun o’z oldiga yuqori maqsad qo’ygan ikki jamoa to’qnash kelishdi. Mag’lubiyat uchun hech bir futbolchini ayblamoqchi emasman. O’tgan o’yindan keyin rahbariyatga oldindagi ikki muhim o’yinda g’alaba qozonmasak, menga ruxsat berishlarini so’ragandim. Balki dam olish, bir oz chalg’ish vaqti kelgandir.

Bugungi o’yin o’tgan yili Superligada “Surxon” bilan o’tgan bahsni eslatib yubordi. O’sha uchrashuvda ham xuddi shunaqa voqealar yuz bergandi.

– Mo’min Melievning almashtirilishi yuzasidan izoh bersangiz…

– Meliev yaxshi hujuchi. Biroq, u buni maydonda ham isbotlashi kerak. Maydonga tushayotganda ko’proq to’psiz kurashda o’ynashini aytgandim. SHuningdek, uning o’rniga tushgan Etovqo’ziev ham murabbiyni qoniqtiradigan darajada o’yin ko’rsatgani yo’q.

SHu o’rinda bizni hamisha qo’llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ular g’alabalarga haqli.

– Raqibning qizil kartochkasi jamoangizning zarariga ishladi desak bo’ladimi?

– SHunday deyish ham mumkin. CHunki, biz “Lokomotiv”ning 10 kishi bo’lib qolishiga tayyor emasdek ko’rindik.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1QO'QON-1912510
1Xorazm510
3Mash'al59
4Buxoro59
5Aral57
6Sho'rtan55
7Olimpik Mobiuz54
8Do'stlik50
U-21 биринчилиги
#КлубЎО