02.02.2025
Superliga-2025-yilgi mavsumiga qurʼa tashlangach, “Qoʻqon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Haydarov jamoamiz matbuot xizmatiga chempionat starti haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Qurʼa tashlash marosimini koʻrdim. Birinchi navbatda mavsumni uyda boshlashimiz yaxshi deb oʻylayman. Birinchidan muxlislar derbi guvohi boʻlishsa, ikkinchidan mavsumni uyda boshlash doim osonroq boʻladi. Raqib haqida keladigan boʻlsak, har qanday jamoaga qarshi mavsum davomida baribir bahs olib boramiz.
“Andijon” oʻtgan mavsum Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi, yaxshi darajadagi jamoa. Biroq bizda hech qaysi jamoaga nisbatdan qoʻrquv yoʻq. Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Tarkibimiz ancha shakllanmoqda. Xudo xohlasa, yangi mavsumni yaxshi natija bilan boshlaymiz.