10.02.2025
Bugun “Qo’qon-1912” jamoasining o’rinbosarlari Farg’ona viloyati “Hokim kubogi-2025″ning ikkinchi turida “Neftchi” U-19 jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda ustunlikka erishgan Ernest Asanov shogirdlari raqiblarini 2:1 hisobida taslim etdi.
Jamoamiz guruh bosqichining so’nggi turida “Andijon” U-21 jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 10-fevralga belgilangan.
Farg’ona viloyati “Hokim kubogi-2025”, 2-tur
Qo’qon-1912 U-21 ⚔️ Neftchi U-19 2:1
Gollar: Mirjavlon Abdullayev, O’rinboy Muhammadov – Dilshod Shamsiyev
Qo’qon-1912 U-21: Shamsiddin Husanov, Mirjavlon Abdullayev, Samandar Yusufjonov, Omadbek Abdurahimov, Doniyor Mahmudov, Hayotjon Mamatov, Ayubxon Muhtorov, Tohirbek Yo’ldoshev, O’rinboy Mahmudov, Laziz Erkinov, Saidafzal Mahmudov.
Zaxira: Hamza Xo’jayev, Diyorbek No’monov, Asadullo Sobirov, Sardor Soliyev, Odil Ahmedov, Abdurashid Valiyev, Mirjalol Anvarov, Muhammadyusuf To’ychiyev.