PREVYU. 🔵 “QOʻQON-1912” – “ANDIJON” 🔵
the_title()

07.03.2025

Superliganing 1 -tur doirasidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” – “Andijon” bahsi 8-mart kuni Qoʻqon shahridagi “Markaziy” stadionida boʻlib oʻtadi. “Vodiy derbisi” oldidan ushbu jamoalarning oʻzaro oʻyinlardagi statistik maʼlumotlari bilan tanishtirib oʻtamiz.

🤝 Ustunlik kim tomonda?
Ushbu jamoalar Oʻzbekiston chempionati doirasida 28-marta toʻqnash kelishgan. Oʻyinlarning 11 tasida jamoamiz gʻalaba qozongan. 8 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 9 ta bahsda andijonliklar qoʻli baland kelgan.
Toʻplar nisbati – 45-41 raqibimiz foydasiga. Oʻzaro oʻyinlarda “Qoʻqon-1912” jamoasi 41 ochkoni qoʻlga kiritgan. “Andijon”ning bu boradagi koʻrsatkichi – 35 ochkoga teng.

⚽️ Ushbu jamoalar ishtirokidagi soʻnggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:
25.11.2021. Qoʻqon-1912 – Andijon – 1:1
05.05.2021. Andijon – Qoʻqon-1912 – 1:2
29.11.2020. Andijon – Qoʻqon-1912 – 0:1
24.08. 2020 Qoʻqon-1912 – Andijon – 2:1
27.11.2019. Andijon – Qoʻqon-1912 – 1:1

⏰ Boshlanish vaqtlari

“Qoʻqon-1912” – “Andijon” – uchrashuvi, shanba kuni Qoʻqon shahridagi “Markaziy” stadionida soat 19:30 da start oladi.

🔥 Bo’lajak uchrashuvga barchani taklif qilib qolamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Andijon00
1Bunyodkor00
1Buxoro00
1Dinamo00
1Mash'al00
1Nasaf00
1Navbahor00
1Neftchi00
1OKMK00
1OKMK00
1Paxtakor00
1Qizilqum00
1Qo'qon-191200
1So'g'diyona00
U-21 биринчилиги
#КлубЎО