Bahrom Haydarov: “Durangga haqli edik”
the_title()

15.03.2025

Superliganing 2-turi doirasida “Neftchi”ga qarshi o‘yindan keyin jamoamiz  bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

– Farg‘onaga ham futbol mavsumi kirib keldi. Bu bilan “Neftchi” muxlislarini tabriklayman. Bugun durang bo‘ldi. Ochilish o‘yinida istalgan mezbon jamoa, “Neftchi” ham yutgisi keladi. Istalgan ochilish o‘yinida mezbon jamoa bahs boshida bosim o‘tkazadi. O‘yinga shunday tayyorlandikki, dastlabki 15-20 daqiqalikdagi bosimdan chiqib ketishimiz kerak edi. Birinchi bo‘limda biz shunga erishdik. Ikkinchi bo‘limda esa hisobni ushlab qolishni o‘yladik shekilli, o‘yin yakuni arafasida himoyada o‘ynadik. “Neftchi”da bir qancha vaziyatlar bo‘ldi. Lekin darvozamizni goldan saqlay oldik. Shunday bo‘lsa-da, durangga haqli edik deb hisoblayman, – deb fikr bildirdi jamoamiz ustozi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Andijon00
1Bunyodkor00
1Buxoro00
1Dinamo00
1Mash'al00
1Nasaf00
1Navbahor00
1Neftchi00
1OKMK00
1OKMK00
1Paxtakor00
1Qizilqum00
1Qo'qon-191200
1So'g'diyona00
U-21 биринчилиги
#КлубЎО